Milliy havo sifati indeksi böyiça şaharning örtaça körsatkiçi PM2.5 zarraçalari uçun «sariq», PM10 zarraçalari uçun esa «zarğaldoq» darajada böldi.

Tunda havo haroratining keskin pasayişi, şamolning kuçsizligi va kuçli harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çekladi. Natijada PM2.5 va PM10 zarraçalari yer yuzasiga yaqin qatlamda töplanib, havo ifloslanişi tun davomida va ertalab yuqori darajada saqlanib qoldi.

Meteosat sunʼiy yöldoşi tasvirlariga köra, 26-oktyabr soat 00:00 dan 08:00 gaça Toşkent şahri va unga tutaş hududlarda havoda çang kuzatilgan.

Şuningdek, tun davomida maxsus mobil laboratoriya yordamida atmosfera havosi holati instrumental ölçandi. Kuzatuv punktlarining aksariyatida PM2.5-mayda dispers zarraçalari bilan ifloslaniş darajasi xalqaro AQI böyiça «nosoğlom» va «juda nosoğlom» toifalariga mos kelişi qayd etildi.

Bugun kun davomida havo sifati xalqaro AQI böyiça «nosoğlom», milliy indeks böyiça esa «sariq» darajada saqlanişi kutilmoqda.

Ayni paytda atmosfera havosi sifati maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.