Bu haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, soat 18:57 da Kichik halqa yoʻli koʻchasidagi podstansiya ichida transformator yonayotgani haqida shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Shundan soʻng yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yoʻl olgan va 19:01 da manzilga yetib borgan.
Qutqaruvchilar tomonidan yongʻin 19:12 da qurshab olingan. Ayni vaqtda uni toʻliq bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida jabrlanganlar yoʻq.
Qayd etilishicha, vaziyat Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi nazoratiga olingan.