Tadbir poytaxtdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida soat 20:00 da boshlanadi. Osmonda namoyish etiladigan yorqin dron-shou tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashishi kutilmoqda.
Tomoshaga barcha poytaxtliklar va shahar mehmonlari taklif etilgan. Kirish bepul.
Toshkent shahar hokimligining ma’lum qilishicha, tadbir davomida yo‘l harakati cheklanmaydi. Avtomobillar odatdagi tartibda harakatlanadi.