Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xodimi mayor Shuhratjon Norqulov, shuningdek Toshkent shahar IIBB xodimlari podpolkovnik Farrux Mirzayev va mayor Bekzod Qirg‘izbaev «Aʼlo xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBB xodimlari katta leytenant Sherali Saydahmatov hamda katta serjant Anvar Abdullaev Ichki ishlar vazirligining esdalik qo‘l soati bilan mukofotlandi.
Mukofotlar masʼul rahbarlar tomonidan shaxsiy tarkib ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Taʼkidlanishicha, mazkur rag‘batlantirish xodimlarning xizmat burchiga sadoqati, kasbiy mahorati va jamoat xavfsizligini taʼminlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlarining eʼtirofi hisoblanadi.