“Ular bizga ko‘pgina bandlar bo‘yicha yon berishdi. Nega ular bunday qilmasligi kerak?”, dedi u Uest-Palm-Bich shahridan (Florida shtati) Vashingtonga yo‘l olgan samolyotida jurnalistlarga, AQSh Eronga mojaroni tugatish uchun 15 banddan iborat reja yuborganmi yoki yo‘qmi degan savolga javoban. “Ular bizning rejamizga rozilik beryapti. Biz ulardan 15 ta narsani so‘raganimizni nazarda tutyapman”, deb qo‘shimcha qildi Amerika yetakchisi. U Tehron bu talablarning “asosiy qismini” bajarishga rozi bo‘lganiga ishontirdi. “Biz ulardan yana bir nechta narsani so‘raymiz”, deb ta’kidladi Amerika yetakchisi.

“Menimcha Eron bilan kelishuvga erishiladi. Bu tez orada bo‘lishi mumkin”, deb hisoblaydi AQSh Prezidenti. “Menimcha, biz ular bilan kelishuvga erishamiz, men bunga to‘liq aminman. Lekin bunday bo‘lmasligi ham katta e’timol”, deb ta’kidladi u.

AQSh Prezidenti, shuningdek, Eronda amalda hokimiyat almashinuvi sodir bo‘lganiga ishonch bildirdi. “Men buni rejim almashinuvi deb hisoblagan bo‘lardim. Va ochig‘i, ular juda oqilona harakat qilishmoqda”, deb ta’kidladi u Eron vakillariga ishora qilib.

AQSh rahbari Uest-Palm-Bich yaqinidagi Mar-a-Lago mulkida dam olish kunlarini o‘tkazib, Oq uyga qaytdi, deb xabar berdi tass.ru.