U bu haqda Turkiyaning Anqara shahrida bshlib o‘tgan NATO sammitida jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Mening fikrimcha, ular bilan muomala qilish vaqtni behuda sarflashdir. Kecha kechqurun Qo‘shma Shtatlar Eron nishonlariga katta zarba berdi”, dedi u.

Tramp qo‘shimcha qildiki, u “endi eronliklar bilan muomala qilishni istamaydi”.

17-iyun kuni AQSh va Eron ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatib, ularni yakuniy, uzoq muddatli tinchlik kelishuviga erishish uchun 60 kunlik muzokaralarga majburlovchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzolagandi, deb xabar berdi report.az.

Bugun ertalab Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining (IIQK) dengiz va aerokosmik kuchlari AQShning Eron harbiy obektlariga hujumlaridan so‘ng javob zarbalarini bergani haqida xabar berilgan edi.