Uchrashuv davomida bankning sohaга mas’ul rahbarlari yoshlarга kasbiy rivojlanish, bank tizimida faoliyat yuritish imkoniyatlari, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelgusi faoliyatni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari ham tinglandi. Ta’lim va amaliyotni uyg‘unlashtirish, kasbiy salohiyatni oshirish hamda bank tizimida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
Tadbir yakunida yoshlar “Turonbank” ATB muzeyi va kutubxonasi bilan tanishtirildi. Ular bank tarixi, rivojlanish bosqichlari hamda kitob mutolaasi uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot oldi.
Mazkur uchrashuv yoshlar uchun mazmunli va foydali bo‘ldi.
Reklama