Konferensiyani institut rektori vazifasini bajaruvchi, professor Diyorjon Abdullaev hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi Markaziy Rossiya boshqaruv instituti direktori o‘rinbosari, professor Viktor Livtsov kirish so‘zlari bilan ochib, tadbir ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Ilmiy anjuman tabiiy va aniq fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik yondashuvlar, ilg‘or xalqaro tajribalar va mahalliy yechimlar bo‘yicha ilmiy materiallar almashishga bag‘ishlangan.
Konferensiyada O‘zbekiston olimlari bilan bir qatorda Rossiya, Eron, Hindiston va Malayziyadan 20 nafardan ortiq xorijiy olim ishtirok etmoqda.
Institut matbuot xizmati
Hamkorlik materiali