Yiğilişda mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltiriş, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va maʼnaviyatni rivojlantiriş, şuningdek, ziyolilarning jamiyat oldidagi masʼuliyati va örnini mustahkamlaş masalalari muhokama qilinmoqda.

Tadbirda taʼkidlanganidek, bugungi globallaşuv va raqamlaşuv şaroitida ziyolilarning vazifasi faqat bilim yaratiş va uni yetkaziş bilan çeklanmaydi. Ular jamiyat tafakkurini şakllantiriş, yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy özlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyğularini yuksaltirişda ham yetakçi bölişi lozim.

Urganç davlat pedagogika instituti rektori vazifasini bajaruvçi, professor Diyorjon Abdullayevning qayd etişiça, pedagogika oliy taʼlim muassasalari oldida zamonaviy bilim va kasbiy kompetensiyalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, yuksak maʼnaviyatli hamda jamiyat taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yaşaydigan avlodni tarbiyalaş vazifasi turibdi.

Yiğiliş davomida ilgari surilayotgan fikrlar, taşabbus va takliflar mamlakatning ilmiy-maʼrifiy salohiyatini rivojlantiriş, ziyolilar hamjihatligini mustahkamlaş hamda Yangi Özbekiston taraqqiyotiga hissa qöşişga qaratilgan.