Uyqu paytida miya molekulyar çiqindilardan xalos böladi va qisqa muddatli xotirani uzoq muddatli xotiraga aylantiradi. Bar-Ilan universiteti (Isroil) tadqiqotçilari uyqu talab qiladigan biologik jarayonlarning uzun röyxatiga neyronlardagi DNKni taʼmirlaşni ham qöşişdi.

Hujayralarimizdagi DNK doimiy ravişda şikastlanib turadi. Bu u yoki bu darajada mavjud bölgan oksidlovçi molekulalar, radioaktiv fon kabi taşqi omillar, genetik maʼlumotlar bilan işlaydigan molekulyar maşinalar xatosi sabab röy beradi. Agar neyronlar haqida gapiradigan bölsak, biz qaçonlardir neyronlarning özi doimiy ravişda öz DNKsini parçalaşga majbur ekanligini yozgan edik. Undagi uzilişlar neyronlararo aloqalarni, yaʼni sinapslarni mustahkamlaş uçun zarur bölgan genlarni faollaştirişga yordam beradi.

DNKni tuzatiş uçun hujayrada u yoki bu şikastlanişga ixtisoslaşgan butun molekulyar komplekslar mavjud. Agar gap uziliş haqida ketsa, gap oqsillarga borib taqaladi. Oqsillar (fermentlar) hujayra içidagi maxsus işçi molekulalardir. Ular singan joyni topib, DNK zanjirining uzilgan çetlarini bir-biriga tortadi va hujayra mutatsiyaga uçramasdan yaşaşda davom etişi uçun ularni qayta tikadi, deb xabar berdi nkj.ru.

Hujayra uçlarni töğri yaqinlaştirişi va tikişi kerak. Bu oson emas. DNK har doim uni qöllab-quvvatlaydigan, undan maʼlumot öqiydigan va boşqa köplab oqsillar bilan töldirilgan. Uni tikiş uçun şunday siljitiş kerakki, boşqa jarayonlar bilan ziddiyat yuzaga kelmasin.

Tadqiqotçilar olaçipor danio baliği liçinkalari bilan tajriba ötkazdilar. Köpgina tirik organizmlar singari, baliqlar ham uyqusiz yaşay olmaydi. Ularning uyqu va uyğoqlik almaşinuvi biologik soatlari orqali boşqariladi.

Ilmiy iş mualliflari liçinkalar neyronlaridagi xromosomalarni maxsus böyoqlar bilan böyab, birinçidan, uyqu paytida neyronlardagi xromosomalar faol harakatlana boşlaşini payqaşdi. Ikkinçidan, “Nature Communications” maqolasida aytilişiça, DNKdagi qöş uzilişlar soni uyğoqlik paytida köpaygan va uyqu paytida kamaygan. Uçinçidan, uzilişlar soni aynan xromosomalar dinamikasi tufayli, uyqu paytida ular faolroq harakatlangani tufayli kamaydi. Agar bu harakatlar xromosomalarni yadro qobiğiga biriktiradigan maxsus oqsil yordamida tösib qöyilsa, uyquga qaramay, DNK şikastlangan holda qoladi.

Şuningdek, uyqu paytida xromosomalarning faol tiklanişi aynan neyronlarga xos ekanligi maʼlum böldi. Elektr qözğalişi xos bölmagan, heç qanday elektr signallarini ötkazmaydigan boşqa hujayralarda bunday qonuniyat yöq edi. Bundan xulosa qiliş mumkinki, aynan neyronlarning uyğoqlik paytidagi elektrokimyoviy faolligi ularning öz DNKsini taʼmirlaşiga tösqinlik qiladi. Nihoyat, agar DNKdagi uzilişlar soni mutagen moddasi yordamida qöşimça ravişda köpaytirilsa, liçinkalar uzoqroq uxlagan – göyo neyronlar xromosomalarni taʼmirlaş uçun köproq vaqt kerakligini his qilgandek.

Agar bularning barçasini jamlasak, quyidagi natija kelib çiqadi: uyğoqlik paytida neyronlar haddan taşqari faol böladi va DNKdagi uzilişlarni taʼmirlaydigan oqsillar öz vazifasini töğri bajara olmaydi – ehtimol, ular şunçaki DNK bilan işlaşni yoqtirmaydi. Uyqu paytida neyronlar nisbatan tinçlanadi va xromosomalarni taʼmirlaş qulay bölişi uçun ularni siljitiş mumkin. Yuqorida aytilganidek, tajribalar baliqlarda ötkazilgan bölsa-da, boşqa hayvonlarda, hatto odamda ham ahvol şunday deb öylaşga barça asoslar bor. Tan oliş kerakki, bu töyib uxlaşni boşlaş uçun asos böla oladi.