Maʼlum qilinishicha, 10 may kuni viloyati FVBga «112» tizimi orqali Oltinsoy tumani «Vahshivor» MFY hududidagi tog‘larga sayr qilish uchun chiqqan 4 nafar fuqaro yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabar asosida FVV qutqaruvchilari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borib, hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.
Natijada adashib qolgan fuqarolar topilib, sog‘-salomat xavfsiz hududga olib chiqilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.