Muloqot O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida 30 dekabrda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash jarayonida yosh mutaxassislar imkoniyatidan maqsadli foydalanish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, shuningdek, 2021 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratildi.
Yoshlar bilan uchrashuv doirasida Transport vaziri yoshlarga transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi. Universitet infratuzilmasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma'lumot tinglandi.
Shuningdek, bugungi islohotlar jarayonida yoshlarning alohida o'rni borligi va sohadagi bunday islohotlarda yoshlarning g'oyalarini, ularning amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish muhimligi ta'kidlandi.
- Bugun siz aziz yoshlar bilan uchrashish men uchun katta sharaf, – dedi vazir v.b. Ilhomjon Mahkamov. – Albatta, sizlarning fikringiz, ishlab chiqarish va ilmda erishayotgan yutuqlaringizni yuzma-yuz turib eshitish bizni yagona maqsadlarda birlashtiradi. Bugun transport sohasida qator ishlar qilinmoqda. Bizning asosiy maqsad sohadagi har bir ishimizda yoshlarimiz faolligini ko'rish. Buning uchun sizlardan o'z mehnat faoliyatingizga mehr qo'yish, yaxshi o'qish va yangi g'oyalar ustida tadqiqotlar olib borish talab etiladi. Biz, ya'ni vazirlik sizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz.
Uchrashuvda Ilhomjon Mahkamov yig'ilish ishtirokchilarining erishayotgan yutuqlari va ularning takliflari bilan qiziqdi.
– Bugungi uchrashuv biz uchun juda foydali bo'ldi, – dedi Toshkent davlat transport universiteti «elektr ta'minoti» kafedrasi assistenti Islom Karimov. —Tadqiqotchi sifatida mavjud muammolarni chuqurroq o'rganib, masalalar yuzasidan etarli va aniq ma'lumotlarni olish murakkabligini bildirdim. Vazir bu fikrlarimni qo'llab-quvvatladi va bu masalada ko'mak berishini bildirdi.
Ochiq muloqotda yoshlar tizimdagi mavjud muammolar bo'yicha vazirga savol berdi. Vazir muammolarni hal etish uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berdi. Takliflar qabul qilinib, ularni amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriq berildi.
Vazir yoshlar bilan uchrashdi
Transport vaziri yoshlarga transport tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida alohida to'xtalib o'tdi.
Ayrim dorixonalarda dori vositalari belgilangan narxdan 6 barobargacha qimmat sotilgan
- JSST: Dunyoda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,3 yoshga yetdi
- Samarqand viloyatida 2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi
- Yaponiyada bo‘lib o‘tgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga
- O‘zbekiston VI Xalqaro bug‘doy kongressiga mezbonlik qiladi
- Qoratoğ maydonida yangi gaz-kondensat koni ochildi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi