Bu haqda Xinhua viloyat rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Ekstremal ob-havo sharoiti hududda 22 ta binoni vayron qildi va 4855 tasiga zarar yetkazdi, 331 kishi jarohat oldi.
Viloyatda keng ko‘lamli qutqaruv va gumanitar operatsiyalar boshlandi va ikkilamchi ofatlarning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlar davom ettirilmoqda, deb xabar berdi report.az.
Dushanba kuni Xuanshi, Xuangan, Echjou va Syannin shaharlarida momaqaldiroq va kuchli shamol yuz berdi, ikkita shaharda kuchli shamol 13-toifaga yetdi. Mahalliy hokimiyat ba’zi hududlarda tornadolar haqida ham xabar berdi.