Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 2 iyul kuni soat 10:30 atrofida Honobod shahrining «Anxor» mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining kompressor xonasida sodir bo‘lgan.

Xabar kelib tushgach, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Chaqnaş oqibatida kompressor xonasining 30 kvadrat metr maydondagi tom qismi, shuningdek, eshik va derazalariga zarar yetgan.

Hodisa natijasida ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan. Ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar yo‘q.

Ayni paytda chaqnaşning kelib chiqish sabablari hamda yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.