Ayni paytda filial tajriba maydonlarida istiqbolli genotiplar asosida 10 ta kombinatsiyada chatishtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Seleksiya jarayonida hosildorlik, don sifati, vegetatsiya davri hamda suv tanqisligi va boshqa noqulay agroekologik omillarga chidamlilik kabi muhim belgilar hisobga olinmoqda.
Olingan duragay avlodlar bosqichma-bosqich o‘rganilib, ularning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va stress omillariga bardoshliligi baholanadi.