Xorijda mehnat qilayotgan va turli sabablarga ko‘ra og‘ir vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar Migratsiya agentligiga murojaat qilib, quyidagi yo‘nalishlarda yordam olishlari mumkin:
- vatanga qaytarish — aviachipta olib beriladi, voyaga yetmagan farzandlari bilan;
- tibbiy xizmat xarajatlari — 1 500 AQSH dollarigacha qoplanadi;
- vaqtinchalik yotoqxona bilan ta’minlash — 500 AQSH dollarigacha;
- yuridik va advokatlik xizmati to‘lovi — 3 000 AQSH dollarigacha;
- deportatsiya markazlaridan qaytarish — bepul;
- vafot etganlar mayitini vatanga olib kelish — 9 000 AQSH dollarigacha;
- xorijda yuqori daromadli ish bilan ta’minlash — bepul;
- huquqlar himoyasi, ish haqi va kompensatsiyalarni undirish;
- hujjatlarni tiklash, qaytish guvohnomasini rasmiylashtirish — bepul.
Migratsiya agentligi yordamiga muhtoj fuqarolar 24/7 rejimida 1282 qisqa raqami orqali murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek, tezkor yordam uchun @HUQUQIY_YORDAM_UZBOT Telegram boti, Migratsiya agentligi Markaziy apparatining +998 71 202 33 55 (ichki 365) raqami orqali ham murojaat qilish mumkin.