Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentining Korrupsiyaviy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Uçtepa tumani bölimi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida taşkil etilgan.
Aniqlanişiça, 1988-yilda tuğilgan, Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida mahalla raisi lavozimida işlab kelgan şaxs tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi fuqaroga tumandagi binodan faoliyat yuritişi uçun joy ajratib beriş va tegişli şartnomani rasmiylaştirişni vaʼda qilgan.
Uşbu xizmatlari evaziga 900 AQŞ dollarini pora tariqasida olgan vaqtida tezkor tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan mansab vakolatini suiisteʼmol qilgan şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Masʼul idoralar fuqarolarni yer maydonlari, köçmas mulk va boşqa mulkiy munosabatlarga oid bitimlarni faqat qonuniy tartibda, vakolatli idoralar orqali amalga oşirişga çaqirmoqda.