Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Qoʻrgʻontepa koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 2155 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Peshku tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Koʻmir taʼminot” MCHJning Vobkent koʻmir ombori masʼul shaxslari kuz-qish mavsumida aholiga imtiyozli narxda yetkazib berish uchun ajratilgan 455,7 tonna koʻmirni imtiyozli narxda sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, amalda ushbu koʻmirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yana aholiga imtiyozli narxda ajratilgan koʻmirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 228-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
«Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Diyorijon Abdullayevga Sian arxitektura va texnologiyalar universitetining faxriy professori unvoni berildi
- O‘zbekiston Prezidentining Koreya Respublikasiga davlat tashrifi yakunlandi
- “Boysun do‘ppisi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
- Himolay muzliklarining erishi so‘nggi 10 yil ichida 65 foizga tezlashdi
- O‘zbekiston Birinchi xonimi Seulda madaniy dasturda ishtirok etdi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi