Bu haqda Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi boshligʻi B.Mirzayev xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasidagi hisoboti chogʻida maʼlum qildi.
Boshqarma tomonidan kadastr, elektr tarmoqlari korxonalari, gaz idoralari va FHDYO boʻlimlardan tegishli maʼlumotlar olinib, tadbirkorlik subyektlarining hududiy soliq idoralariga taqdim etgan maʼlumotlari bilan solishtirilganda, 21,4 mlrd. soʻm qoʻshimcha daromad manbalari mavjudligi aniqlandi.
Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan turar joy obyektlari qayta baholanganligi va soliq idoralari tomonidan soliq manbasi sifatida qamrab olinganligi tahlil qilinganda, viloyat boʻyicha 751 ming 228 ta turar joy obyektidan 55 ming 639 tasida turar joy mulklari mavjud emasligi koʻrsatilgan. Biroq, mahalla fuqarolar yigʻinlari jalb etilib, ushbu holatning haqqoniyligi oʻrganilganda, 12 ming 272 ta turar joyda mulklar mavjudligi, shuningdek, moliya boʻlimlari tomonidan joyiga chiqib tanlanma asosida oʻrganilganda, 906 tasida mulk obyektlari borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, 3275 holatda yuridik korxonalar tomonidan davlat soliq inspeksiyalariga taqdim etilgan hisobotlar tahlil qilinganda, 480 holatda kadastr maʼlumoti bilan soliq toʻlovchilar oʻrtasida 481,1 gektar yer maydoni kam koʻrsatilganligi kuzatildi. Buning oqibatida ushbu yer maydonlari soliq bazasiga kiritilmagan va 7,7 mlrd. soʻm soliq hisoblanmagan.
Yashirilgan soliqlar aniqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi 445-son qaroriga asosan, Samarqand viloyatidagi moliya organlari tomonidan mahalliy byudjetning daromadlar bazasini kengaytirish, qoʻshimcha zaxiralarni aniqlash borasida koʻrilgan choralar natijasida joriy yilning 9 oyida 21 ming 989 holatda 21,1 mlrd. soʻm qoʻshimcha daromad manbaalari aniqlandi. Oʻtgan davr mobaynida ushbu mablagʻlarning 13,7 mlrd. soʻmi byudjetga undirilishi taʼminlandi.
Toşkentda xonanda Mubina Abbosxonovani öldirişga tarğib qilgan bloger uşlandi
- Dam oliş kunlari Özbekistonda iliq va asosan quruq ob-havo kuzatiladi
- Akbar Jörayev törtinçi bor jahon çempioni böldi: ikki jahon rekordi yangilandi
- Özbekistonda «Fidoyi volontyor» kökrak nişoni taʼsis etiladi
- Ayrim OTM rahbarlarining lavozimiga loyiqligi örganiladi
- Toşkent viloyatida 1 ming dollar qarz berib, 10 ming dollarlik tilxat yozdirgan şaxs uşlandi