Mazkur tanlovning Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichida Kegayli tumanidagi Orzu fermer xo'jaligi rahbari Palzada Salieva birinchi, To'rtko'l tumanidagi Shoraxon ovul fuqarolar yig'ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosari O'ringul Allabergenova ikkinchi, Qonliko'l tumanidagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi Nigora Allambergenova uchinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, Yilning eng vatanparvar ayoli, Yilning eng ilg'or tadbirkor ayoli,Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli, O'z kasbining ustasi bo'lgan yil ayoli,Yilning eng kuchli ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotchisi, Yilning eng jonkuyar ustozi, Yilning eng faol sog'lom turmush tarzi tashkilotchisi, Yilning eng yangi g'oyalar tashabbuskori nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlandi. Tanlov g'oliblariga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg'alar topshirildi, deya xabar bermoqda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati.
"Yil ayoli" g'oliblari taqdirlandi
Mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qo'shib kelayotgan, yuksak ma'naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o'zlari faoliyat ko'rsatayotgan tashkilotlar nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo'lgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ilg'or tajribalarini ommalashtirish maqsadida “Yil ayoli” tanlovi o'tkazib kelinyapti.
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Bu – tarixiy ko'rsatkich!
- Har bir shifokor va hamshiraning oyligi KPIga bogʻlanadi
- Samarqand markazini “Shirin” massivi bilan bogʻlovchi zamonaviy koʻprik qurilmoqda
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda