Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, obyektlarni quriş uçun yer uçastkalarini ajratiş, loyihalaştiriş, quriş, rekonstruksiya qiliş va qurilişi tugallangan obyektni foydalanişga qabul qiliş tartib-taomillarini amalga oşirişda:

vakolatli organ hamda xulosa beruvçilarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarişiga öz mansab vakolatlaridan foydalanib, qonunga xilof ravişda aralaşiş:

BHMning 100 baravaridan 150 baravarigaça miqdorda jarima solişga yoki 15 sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olişga sabab böladi.

Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolçilarga avtomobillarga gaz quyiş şoxobçalari tomonidan maişiy gaz ballonlarida beriş:

BHMning 3 baravaridan 5 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-köngiloçar markazlari mulkdorlarining uçinçi şaxslar hayoti va (yoki) soğliğiga yonğin yuzaga kelişi natijasida zarar yetkazganlik uçun özining fuqarolik javobgarligini, şuningdek uşbu obyektlarni yonğindan majburiy suğurta qiliş böyiça majburiyatini bajarmasligi:

mansabdor şaxslarga BHMning 50 baravaridan 75 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Yonğin auditini ötkazişga oid qonunçilikda belgilangan talablar va şartlarni buziş:

fuqarolarga BHMning 15 baravari, mansabdor şaxslarga esa 30 baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.