Aniqlanishicha, ushbu YTH joriy yilning 16 iyul kuni sodir etilgan. 2005 yilda tug‘ilgan R.M. haydovchilik guvohnomasiga va boshqa tegishli hujjatlarga ega bo‘lmasdan EQUINOX avtomobilini boshqarib, Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Nexia-3 avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Qizig‘i Nexia-3 avtomashinasi haydovchisining ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagani aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida ish ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, EQUINOX haydovchisi MJtKning 133 va 135- moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan MJtKning 133 va 33-moddasini qo‘llab BHMning 3 baravari, (990 000 so‘m) MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) jarima jazosi tayinlandi.
Nexia-3 haydovchisi esa MJtKning 135-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi hamda unga nisbatan BHMning 5 baravari (1 650 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
YTH sodir etgan ikkala haydovchida ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan
Toshkentda Equinox avtomashinasi haydovchisi harakatlanib ketayotgan vaqtda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Nexia-3 avtomashinasining orqasidan kelib urgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.
Shukronalik ko‘z yoshlari
- Xalqaro taʼlim standartlari asosida kadrlar tayyorlash boʻyicha yangi yondashuvlar taqdimot qilindi
- Xalqaro hamkorlik — xavfsiz va samarali energetika sari
- Bag‘dod tumanida tadbirkorga 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan menejer fosh etildi
- Salim bin Muhammad al-Malikni O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
- Oʻzbekiston Prezidenti ICESCO bilan hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi
Ilgiz Tantashev Paragvay — Fransiya o‘yini boshqaradi
- Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar
- Prezidentimiz “Navbahor” futbol klubining akademiyasida boʻldi
- Toʻraqoʻrgʻonda toʻliq zanjirli parrandachilik loyihasi amalga oshirilmoqda
- Yangi Namanganda IT-park qurilishiga tamal toshi qoʻyildi
- Yoshlarga davlat mukofotlari topshirildi