Kumush medal:

-60 kg: Dostonbek Oripov

Bronza medal:

-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova

-53 kg: Sohibjamol Esbo‘sinova

Yunon-rum kurashi bahslarining yakuniga ko‘ra, hamyurtlarimiz 95 ochko bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Erondan keyin uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Bugun kechki dasturda qizlarimizdan Muhayyo Narzilloyeva -65 kg vazn toifasida final bahsini o‘tkazsa, Feruza Kayratdinova (-62 kg) bronza medali uchun kurash olib boradi. Shuningdek, kun davomida erkin va ayollar kurashi bahslarida yana 3 nafar sportchimiz saralash bosqichida qatnashishadi.

Final:

-65 kg: Muhayyo Narzilloyeva – Margarita Salnazaryan (Rossiya)

Bronza medali uchun:

-62 kg: Feruza Kayratdinova / Ozdenur Ozmez (Turkiya) – Yifan Chju (Xitoy)