Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qilishicha, loyiha doirasida respublikaning 208 ta tuman va shahridagi umumtaʼlim maktablarida futbol muxlislari uchun maxsus tomosha hududlari tashkil etiladi.

Barcha zarur sharoitlar yaratilgan mazkur maktablarda oʻquvchilar, ota-onalar hamda futbol ishqibozlari Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi oʻyinlarini katta ekranlar orqali jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

Toshkent vaqti bilan terma jamoamizning guruh bosqichidagi oʻyinlari quyidagi jadval asosida oʻtkaziladi:

  • Oʻzbekiston — Kolumbiya: 18 iyun, soat 07:00;
  • Oʻzbekiston — Portugaliya: 23 iyun, soat 22:00;
  • Oʻzbekiston — Kongo: 28 iyun, soat 04:30.

Taʼkidlanishicha, loyiha orqali yurtdoshlarimiz milliy terma jamoani birgalikda qoʻllab-quvvatlash, futbol bayramini umumxalq tadbiriga aylantirish imkoniga ega boʻladi.