Bu haqida Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, tadbirni xavfsiz va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida quyidagi yoʻnalishlarda harakat vaqtincha cheklanadi:
- Chilonzor–Choponota koʻchalari chorrahasidan Choponota koʻchasi boʻylab Qatortol–Choponota koʻchalari chorrahasigacha;
- XAY–Chilonzor koʻchalari chorrahasidan Chilonzor koʻchasi boʻylab Chilonzor–Choponota koʻchalari chorrahasigacha;
- XAY–Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan Bunyodkor ikkinchi darajali yoʻli boʻylab Bunyodkor–Choponota koʻchalari chorrahasigacha;
- Nurafshon–Sebzor koʻchalari chorrahasidan Sebzor koʻchasi boʻylab Islom Karimov–Bunyodkor koʻchalari chorrahasigacha;
- Islom Karimov–Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan Bunyodkor koʻchasi boʻylab Bunyodkor–Ikkinchi Qatortol koʻchalari chorrahasigacha.
Haydovchilardan oldindan muqobil yoʻnalishlarni rejalashtirish soʻraldi.
Shuningdek, mutasaddilar fuqarolarni milliy terma jamoani qoʻllab-quvvatlashga chaqirib, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr soʻradi.