Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.

2007-yildan buyon o‘tkazib kelinadigan ushbu Kongress har yili 20 dan ortiq xorijiy davlatdan 1500 dan ziyod ishtirokchini jamlaydi. U yevroosiyo makonidagi eng yirik huquqiy forumlardan biri bo‘lib, YeOII, BRIKS+, ShHT kabi tashkilotlarga a’zo mamlakatlarning olimlari va amaliyotchi huquqshunoslarini, shuningdek, siyosatchilar, davlat hokimiyati organlari hamda biznes vakillarini birlashtiradi.

Kongress ishtirokchilari texnologiyalarni huquqiy tartibga solish va raqamli transformatsiya sohasidagi O‘zbekistonning milliy tajribasi bilan tanishtirildi.

XIX sessiya doirasida jami 41 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik qonunchiligini kodifikatsiyalash va takomillashtirish bo‘yicha kengashning sayyor yig‘ilishi, yalpi majlis, panel munozaralari, davra suhbatlari, IX Alekseev o‘qishlari, BRIKS Huquq instituti Muvofiqlashtiruvchi kengashining IX sessiyasi, «evropa-Osiyo huquq universiteti» konsorsiumi ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va V yevropa-Osiyo yoshlar huquqiy forumi o‘tkaziladi.

Ishbilarmonlik dasturining asosiy qismi «Texno-regulyatorika» strategik texnologik loyihasiga bag‘ishlandi. Bunda Rossiyaning texnologik yetakchiligini ta’minlashda huquqning o‘rni, yuridik ta'lim va amaliyotga AKT, sun’iy intellekt, Big Data kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yuridik faoliyatda ijtimoiy texnologiyalarni qo‘llash kabi masalalarni qamrab olindi.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.