Tadbirda
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori,
akademik Akmal Saidov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.
2007-yildan buyon o‘tkazib kelinadigan ushbu
Kongress har yili 20 dan ortiq xorijiy davlatdan 1500 dan ziyod ishtirokchini
jamlaydi. U yevroosiyo makonidagi eng yirik huquqiy forumlardan biri bo‘lib, YeOII,
BRIKS+, ShHT kabi tashkilotlarga a’zo mamlakatlarning olimlari va amaliyotchi
huquqshunoslarini, shuningdek, siyosatchilar, davlat hokimiyati organlari hamda
biznes vakillarini birlashtiradi.
Kongress
ishtirokchilari texnologiyalarni huquqiy tartibga solish va raqamli
transformatsiya sohasidagi O‘zbekistonning milliy tajribasi bilan
tanishtirildi.
XIX
sessiya doirasida jami 41 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan,
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik qonunchiligini
kodifikatsiyalash va takomillashtirish bo‘yicha kengashning sayyor yig‘ilishi,
yalpi majlis, panel munozaralari, davra suhbatlari, IX Alekseev o‘qishlari,
BRIKS Huquq instituti Muvofiqlashtiruvchi kengashining IX sessiyasi, «evropa-Osiyo
huquq universiteti» konsorsiumi ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi va V
yevropa-Osiyo yoshlar huquqiy forumi o‘tkaziladi.
Ishbilarmonlik
dasturining asosiy qismi «Texno-regulyatorika» strategik texnologik loyihasiga
bag‘ishlandi. Bunda Rossiyaning texnologik yetakchiligini ta’minlashda
huquqning o‘rni, yuridik ta'lim va amaliyotga AKT, sun’iy intellekt, Big Data
kabi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, yuridik faoliyatda
ijtimoiy texnologiyalarni qo‘llash kabi masalalarni qamrab olindi.
Inson
huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining matbuot xizmati.