Mazkur hujjat ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash hamda investitsiyaviy sheriklikni kengaytirishga qaratilgan.

Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha muzokaralar joriy yilning mart oyida Oʻzbekistonning Xitoydagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farhod Arzievning Gonkong Bosh savdo palatasiga tashrifi chogʻida boshlangan boʻlib, keyinchalik qator uchrashuvlar va muzokaralar davomida izchil davom ettirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi delegatsiyasining may oyida Gonkongga tashrifi ham mazkur hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi.

Imzolangan memorandumga muvofiq, Oʻzbekiston — Gonkong Biznes kengashi tashkil etiladi. Kengash ikki mamlakat tadbirkorlari oʻrtasida muntazam muloqotni yoʻlga qoʻyish, yangi biznes aloqalarini shakllantirish, qoʻshma loyihalarni ilgari surish hamda savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish uchun muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

Kelgusida tomonlar biznes-forumlar, B2B uchrashuvlar, tajriba almashish tadbirlari va savdo missiyalarini tashkil etish orqali ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada faollashtirishni rejalashtirmoqda.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi mazkur kelishuv Oʻzbekiston va Gonkong tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar ochishi, oʻzaro savdo hajmini oshirish va investitsiyaviy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidlaydi.