Memorandumni ikkala tashkilot rahbarlari Akmal Saidov
va Li Xunkuy imzoladilar.
Ushbu
tadbir Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Xitoy – Markaziy Osiyo» inson
huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha 2026-yil
forumi doirasida tashkil etildi. Forum Xitoyning Inson huquqlarini
rivojlantirish jamg‘armasi (CFHRD) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Milliy markazi tomonidan o‘tkazildi.
O‘zaro anglashuv memorandumi muqaddimasida
Tomonlarning o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, inson
huquqlari sohasida tajriba almashinuv va hamkorlikni kengaytirish hamda
O‘zbekiston – Xitoy o‘rtasida inson huquqlarini rivojlantirishga birgalikda
ko‘maklashish istagi aks etgan.
Memorandumda qayd etilganidek, Tomonlar inson
huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish sohasida tenglik, o‘zaro hurmat
va manfaatdorlik tamoyillari asosida hamkorlikni amalga oshiradilar. Memorandum
doirasida, jumladan:
·
inson
huquqlari masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish, shuningdek,
inson huquqlari bo‘yicha bilimlarni targ‘ib qilish va o‘quv dasturlarini amalga
oshirish;
·
inson
huquqlari sohasida o‘zaro manfaatli axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish va
ilmiy seminarlarni birgalikda o‘tkazish;
·
har
ikki davlatning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishga
ko‘maklashish va inson huquqlari bo‘yicha global boshqaruvni
takomillashtirishga ko‘mak berish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar.
Memorandumda bunday hamkorlikni amalga oshirish
shakllari ham ko‘rsatilgan. Bu o‘rinda, xususan, inson huquqlarini
rag‘batlantirish va himoya qilish sohasida o‘zaro axborot, qonunchilik
hujjatlari, axboriy-tahliliy materiallar va adabiyotlar, shuningdek, inson
huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarishga oid tajriba almashinuvi
hamda inson huquqlarini himoya qilishga ko‘maklashishga qaratilgan qo‘shma
ilmiy dasturlar va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish haqida
so‘z bormoqda.
Bundan tashqari, xodimlar uchun tashriflar va
amaliyotlar tashkil etish, inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro
konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va o‘quv dasturlari o‘tkazish
ko‘zda tutilmoqda. Qolaversa, inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya
qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma nashrlar tayyorlash va chop etish, inson
huquqlari sohasidagi xalqaro hamkorlik uchun aloqalarni mustahkamlashga alohida
e'tibor qaratiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Milliy markazi matbuot xizmati.