Davlat mehnat inspeksiyasi maʼlumotlariga köra, qayd etilgan baxtsiz hodisalarning 38 tasi guruhiy, 542 tasi oğir oqibatli, 189 tasi esa ölim bilan yakunlangan.

Jabrlanganlarning 486 nafari oğir, 30 nafari yengil jarohat olgan. 231 nafar xodim vafot etgan.

Maʼlum qilinişiça, 2025-yilning şu davrida 665 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bölib, joriy yilda bu körsatkiç 15,9 foizga oşgan. Jabrlanganlar soni esa ötgan yilgi 742 nafardan 847 nafarga yetgan.

Tarmoqlar kesimida eng köp baxtsiz hodisalar sanoat va işlab çiqariş sohasida qayd etilgan — 259 ta. Quriliş işlarida 217 ta, savdo va xizmat körsatiş sohasida 36 ta holat kuzatilgan.

Şuningdek, transport va logistika sohasida 26 ta, qişloq va suv xöjaligida 23 ta, soğliqni saqlaş va ijtimoiy xizmatlarda 23 ta, taʼlim sohasida 18 ta baxtsiz hodisa sodir bölgan. Boşqa sohalar hissasiga 169 ta holat töğri keladi.


Hududlar kesimida eng yuqori körsatkiç Toşkent şahrida qayd etilgan — 155 ta. Toşkent viloyatida 106 ta, Qaşqadaryo viloyatida 71 ta, Navoiy viloyatida 65 ta va Buxoro viloyatida 63 ta baxtsiz hodisa sodir bölgan.

Şuningdek, Andijon va Samarqand viloyatlarining har birida 54 tadan, Farğona viloyatida 44 ta, Sirdaryo viloyatida 34 ta, Namangan viloyatida 30 ta, Qoraqalpoğiston Respublikasida 27 ta, Surxondaryo viloyatida 24 ta, Jizzax viloyatida 21 ta va Xorazm viloyatida 20 ta holat qayd etilgan.

Baxtsiz hodisalar oqibatida jabrlanganlarga 16 milliard 637 million söm miqdorida bir yöla beriladigan va oyma-oy tölanadigan zarar pullari undirib berilgan.

Mehnat xavfsizligi talablariga rioya qiliş işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalarning oldini oliş va xodimlar hayotini asraşda muhim ahamiyatga ega.