Davlat mehnat inspektsiyasi , mazkur davrdagi baxtsiz hodisalarning 24 tasi guruhiy tarzda sodir boʻlgan. Hodisalar oqibatida 146 nafar kishi halok boʻlgan, 402 nafar fuqaro ogʻir jarohat olgan, yana 22 nafar shaxs yengil jarohatlangan.
Hududlar kesimida eng koʻp baxtsiz hodisa Toshkent shahrida — 58 ta, Toshkent viloyatida — 58 ta, Qashqadaryo viloyatida — 38 ta, Buxoro va Andijon viloyatlarida — 33 tadan qayd etilgan.
Eng kam koʻrsatkich Xorazm viloyatida — 13 ta, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida — 16 tadan hamda Namangan viloyatida 18 tani tashkil etgan.
Soha lar kesimida esa mehnat bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning asosiy qismi sanoat tarmogʻiga toʻgʻri kelgan — 168 ta. Quri lish sohasida 159 ta, savdo va xizmatlarda 22 ta, transport va logistika da 20 ta, sogʻliqni saqlashda 16 ta, qishloq va suv xoʻjaligida 15 ta hodisa qayd etilgan.
Shuningdek, taʼlim sohasida 14 ta, davlat boshqaruvida 8 ta, huquqni muhofaza qilish tizimida 4 ta, axborot texnologiyalarida 3 ta, madaniyat va sport sohasida 2 ta hamda boshqa sohalarda 98 ta baxtsiz hodisa sodir boʻlgan.