Hududlar kesimida eng yuqori koʻrsatkich Namangan viloyatida qayd etilgan boʻlib, u erda har 1 000 nafar ayolga 1 034 nafar erkak toʻgʻri keladi.

Keyingi oʻrinlarda:

Qashqadaryo viloyati — 1 029 nafar;
Andijon viloyati — 1 027 nafar;
Navoiy viloyati — 1 026 nafar;
Surxondaryo viloyati — 1 025 nafar;
Jizzax viloyati — 1 019 nafar;
Fargʻona viloyati — 1 019 nafar;
Samarqand viloyati — 1 016 nafarni tashkil etgan.

Shuningdek:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 1 010 nafar;
Sirdaryo viloyati — 1 009 nafar;
Toshkent viloyati — 1 008 nafar;
Buxoro viloyati — 1 006 nafar;
Xorazm viloyati — 1 004 nafar erkak toʻgʻri kelgan.

Eng past koʻrsatkich esa Toshkent shahrida kuzatilgan boʻlib, poytaxtda har 1 000 nafar ayolga 966 nafar erkak toʻgʻri keladi.