Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Unda Oʻzbekiston, Eron, Qirgʻiziston va Tojikistonning U-17 yoshlar ayollar terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa yosh futbolchilarni rivojlantirish, ularni mintaqaviy va xalqaro turnirlarga tayyorlash, shuningdek, Markaziy Osiyoning iqtidorli yosh futbolchilarini aniqlashga xizmat qiladi.
Turnirda Oʻzbekiston U-17 ayollar terma jamoasiga Mahliyo Sarikova bosh murabbiylik qiladi.