Prezidentning PF–175-sonli farmoni bilan tadbirkorlar va isteʼmolchilar uchun yangi tartib belgilandi.
Unga koʻra, tovar va xizmatlar uchun naqd shaklda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning eng yuqori miqdori BHMning 400 baravari etib belgilamoqda.
2026 yil 1 sentyabrdan BHM 440 ming soʻm etib belgilangan. Shu asosda naqd toʻlovning maksimal miqdori 176 mln soʻmni tashkil etadi.
Amalda esa naqd hisob-kitoblar uchun 25 mln soʻmlik limit qoʻllanib kelgan. Yangi tartib bilan mazkur chegara 7 baravardan ziyodga oshirilmoqda.
Yangi tartib natijasida:
- qimmatroq tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilish imkoniyati kengayadi;
- tadbirkorlar va xaridorlar uchun hisob-kitob jarayoni qulaylashadi;
- xorijiy sayyohlar uchun yirik xaridlarni amalga oshirishda qoʻshimcha qulaylik yaratiladi.
Shu bilan birga, faqat naqd pulsiz shaklda toʻlanishi belgilangan tovar va xizmatlar uchun mazkur tartib tatbiq etilmaydi.