Ular mamlakatdagi mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlarida, jumladan, mevalarni yigʻish va saralash bilan shugʻullanadi.

Migratsiya agentligi maʼlumotiga koʻra, mazkur imkoniyat pilot loyiha doirasida amalga oshirilmoqda. Tanlov jarayoni 12 iyun kuni boshlangan boʻlib, 1 iyul kuni nomzodlar fransuz ish beruvchilari ishtirokida onlayn suhbatdan oʻtkazilgan.

Natijada 10 nafar nomzod ish beruvchi tomonidan tanlab olingan. Ularning dastlabki 6 nafari zarur mehnat visasini olgan.

Qolgan 4 nafar nomzod esa kuz oylarida Fransiyaga borib, sabzavot yetishtirish va yigʻish mavsumida ishlashi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, bu Oʻzbekiston fuqarolarini Fransiyaga tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish boʻyicha ilk yoʻnalish va dastlabki pilot loyiha hisoblanadi.

Loyiha natijalari Fransiyadagi ish beruvchilar bilan hamkorlikni kengaytirish va oʻzbekistonliklar uchun ushbu mamlakat mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.