Shuningdek, yigʻilishda sirk xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mehnatga haq toʻlash tizimini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar ham atroflicha koʻrib chiqildi.
Yigʻilishga madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Avazxon Tadjixanov rahbarlik qildi. Unda Madaniyat vazirligi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.
Muhokamalar yakunida bildirilgan takliflar asosida maxsus ishchi guruh shakllantirish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.