Bu haqda Bosh prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2026 yil 12 may kuni fuqaro A.A. Bosh prokuror nomiga murojaat qildi. Uning bildirishicha, o‘zini Bosh prokuratura xodimi sifatida tanishtirgan «Jasur» ismli shaxs ukasiga nisbatan e’lon qilingan qidiruvni bekor qilish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro J.N. o‘zini prokuratura tizimi xodimi sifatida tanishtirib, ayblanuvchi X.A.ga nisbatan qo‘llanilgan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi ni o‘zgartirish hamda qidiruvni bekor qilish evaziga uning akasi A.A.dan 5 ming AQSH dollarini sherigi A.X. bilan birga olayotgan vaqtida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Yashnobod tumani bo‘yicha Departament tomonidan fuqaro J.N. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 28 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari har tomonlama, to‘liq va xolisona olib borilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlanadi.