Tergov maʼlumotlariga koʻra, gumonlanuvchi B.M. va S.Sh.ning ishonchiga kirib, arzon narxda bugʻdoy sotib olish va uni qayta ishlash orqali katta daromad olish mumkinligini vaj qilib, ulardan jami 1,7 milliard soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, u M.T.ga tegishli MChJ uchun Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 50 sotix yer maydoni boʻyicha sud tomonidan bekor qilingan qarorni qayta tiklab berishni vaʼda qilib, evaziga 95 ming AQSh dollarini olgani aniqlangan.

Boshqa bir holatda esa A.A. «Facebook» ijtimoiy tarmogʻi orqali I.N. bilan tanishib, oʻzini prokuratura hodimi sifatida tanishtirgan. U 2014-yilda ishlab chiqarilgan, bahosi 8,5 ming AQSh dollariga teng «Cobalt» avtomobilini yangi «Gentra»ga almashtirib berishni vaʼda qilib, avtomashinaning egalab olgan. Keyinchalik ushbu avtomashinani boshqa shaxsga sotib, tushgan mablagʻni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflagan.

Tergovda aniqlanishicha, A.A. yana bir fuqaro A.K.ning ishonchiga kirib, uning honadon kalitining nusxasini qoʻlga kiritgan. A.K. sayohatda boʻlgan vaqtda honadonga noqonuniy kirib, juda koʻp miqdordagi tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlab ketgan.

2026-yil 18-iyun kuni A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 169-moddasi 4-qismi «a» bandi hamda boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Bosh prokuratura mazkur shaxsning xatti-harakatlaridan jabrlangan yoki u oʻzini prokuratura hodimi sifatida tanishtirib, pul mablagʻlarini oʻzlashtirgani haqida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolarni «1161» raqamli Ishonch telefoni orqali murojaat qilishga chaqirdi. Murojaat qiluvchilarning shaxsi sir saqlanishi kafolatlanishi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, fuqarolarga oʻzini davlat organlari hodimi sifatida tanishtirib, xizmat evaziga pul talab qiluvchi shaxslarga ishonmaslik tavsiya etildi.