Loyiha hamkorlari — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda “Vatandoshlar” jamgʻarmasi.
Dastur davlat organlari va tashkilotlarida rahbarlik lavozimlariga salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirishda nomzodlarni koʻp bosqichli tanlov asosida saralab olish hamda boshqaruv koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
Unga muvofiq, 2023-yildan boshlab:
▫️dastur doirasida har ikki yilda bir marta 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlari tanlov asosida saralab olinadi, ular bazaviy hisoblash miqdori 100 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi, maxsus oʻquv dasturi asosida oʻqitiladi, mahalliy va xorijiy stajirovkaga yuboriladi;
▫️dasturda oliy maʼlumotga va tegishli sohada kamida besh yil ish tajribasiga ega, 25 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan (40 yosh ham qoʻshilgan holda) Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin;
▫️dasturni muvaffaqiyatli yakunlagan gʻoliblar milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi hamda rahbarlik lavozimlariga tavsiya etib boriladi;
▫️respublika komissiyasi dasturni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazishga doir barcha chora-tadbirlarni amalga oshirishga umumiy rahbarlik qiladi;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi respublika komissiyasi tashkiliy masalalar boʻyicha, akademiya uning metodik masalalar boʻyicha ishchi organi hisoblanadi.
Loyiha muhokamasi joriy yilning 16-dekabriga qadar davom etadi.