Murojaat boshqarma ishchi guruhi tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish davomida dam olish maskanlaridagi suvlarni ifloslantirish, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, suv toʻplagich inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish, suv obyektlariga oqindi suvlarni oqizish kabi huquqbuzarliklar sodir etilgani aniqlandi. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan MJtKning 72-modda 1-qismi, 65-modda 4-qismi, 91/1-modda 1-qismi, 91-modda 1-qismi bilan 21 nafar shaxsga maʼmuriy ish qoʻzgʻatilib, 33 999 000 soʻm miqdorida jarima solindi. 

Bundan tashqari, yoʻl qoʻyilgan holatlarni bartaraf etish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Atrof-muhitga zarar keltiruvchi har qanday huquqbuzarlik qatʼiy jazolanishi haqida ogohlantirildi.