Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I-A” MCHJ rahbari va boshqalar bank filialidan ehtiyot qismlarni sotib olib, savdo faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan 2,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit evaziga “I.T.” MCHJ tomonidan ehtiyot qismlar yetkazib berilmagan boʻlsada, goʻyoki ehtiyot qismlar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali ushbu kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.