Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Sh.I., M.A., J.O. va N.U.lar fuqaro M.dan Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetida tahsil olayotgan 30 nafar talabaning oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalariga koʻchirib berish evaziga 67 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.