“Abdullaxon” madrasasini saqlash va restavratsiya qilish uchun xalqaro grant ajratildi

    30 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilindi.

    Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan Buxoro shahridagi “Abdullaxon” madrasasini qisman joriy taʼmirlash maqsadida ushbu grant dasturi uchun tegishli hujjatlar tayyorlanib, oʻrnatilgan tartibda YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga taqdim etildi.

    – YUNESKOning Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan minglab loyihalar orasidan Buxoro shahridagi “Abdullaxon” madrasasini saqlash va restavratsiya qilish loyihasi gʻolib deb topildi, – deydi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi boshligʻi Sherzod Mahmudov. – 30 ming AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini ajratish boʻyicha ijobiy qaror qabul qilindi. Jalb etilgan mablagʻlar YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda madrasaning qulab tushgan qismini qayta tiklash xarajatlarini qoplash uchun sarflanadi.