Bugun ijtimoiy tarmoqlarda turli ozdiruvchi yoki semirtiradigan, shuningdek, proteinli biologik faol qoʻshimchalar savdosi borgan sari avj olayotgani barchaga ayon.
Xoʻsh, biologik faol qoʻshimchalar oʻzi nima?
Biologik faol qoʻshimchalar (BFQ) – inson organizmidagi fiziologik buzilishlarning oldini olish hamda sogʻlom balansni tiklash maqsadida ratsionini maqbul darajaga yetkazish yoki organizmni zarur boʻlgan foydali moddalar bilan toʻldirish uchun moʻljallangan, tarkibida kelib chiqishi tabiiy yoki tabiiyga oʻxshash sunʼiy biologik faol moddalar (ularning konsentratlari) va (yoki) probiotik komponentlar hamda probiotik mikroorganizmlar mavjud oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi.
Biologik faol qoʻshimchalar davolovchi taʼsirga ega emas. Davolovchi taʼsirga ega boʻlgan mahsulotlar dori vositalari hisoblanadi.
Respublikamizda faoliyat olib borayotgan "FARM FORMAT" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan bir qator BFQlar va gigiyenik vositalar ishlab chiqarilgan, ruxsatnoma BFQ sifatida berilgan boʻlsada, bir paytning oʻzida ushbu BFQ va gigiyenik vositalar tarkibi nuqtayi nazaridan dori vositalari xususiyatiga ega ekanligi aniqlandi:
☑️100 ml flakonlarda qadoqlab chiqarilgan, ichish va mahalliy qoʻllash uchun moʻljallangan “Xlorofilliptim plyus” eritmalari;
☑️ 20 ml. flakonlarda qadoqlangan “Xlorofilliptim plyus” sprey mahsuloti;
☑️ “Imbir Effesti s vitaminom S” (Ginger Effesti Vitamin C);
☑️ “Loroplyus” (Loroplyus) (chayish uchun eritma 200 ml.);
☑️ “Loroplyus” (Loroplyus) (tomoq uchun sprey 20 ml.);
☑️ “Betagin-FF” (Betagin-FF) (10% mahalliy va tashqi maqsadlar uchun eritma, 50 ml dan flakonda);
☑️ “Dimeksid – FF” (Dimeksid — FF);
☑️ “Koviflazid” (Coviflazid) (ichish uchun hamda mahalliy qoʻllash uchun tomchi 30 ml.);
☑️ “Effesti klassik Cherniy Imbir” (Black Ginger Effesti klassik) (tez eriydigan granulalari 8 gr.dan sashe paketchalarda) aslida BFQ koʻrinishida ishlab chiqarishga ruxsat olingan boʻlsada, dori vositasi sifatida tayyorlangani aniqlangan.
Taʼkidlash joizki, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi tomonidan bu kabi vositalarni ishlab chiqarishni (qalbaki va dori vositasini) roʻyxatga olmagan, tarkibi tekshirilib, xavfsizligi toʻgʻrisida xulosa berilmagan.
Bundan tashqari, baʼzi dori vositalari qalbaki tarzda ishlab chiqarilayotgani toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlarga binoan olib borilgan oʻrganishlar davomida:
☑️ “NUTRI MAKON FACTORY” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan
“NUMA Igneus”, “NUMA Omega-3-6-9”, “NUMA Vitamin D3”, “NUMA Kollagen” va “NUMA Tribulus” mahsulotlari ruxsatnomaga egaligi, lekin “NUMA Sollagen PRO+” mahsuloti hech qanday ruxsatnomaga ega emasligi aniqlangan.
“BEK BREND PHARM” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan baʼzi – “Rastoropsha” nomli mahsulot qoʻmita tomonidan tarkibi tekshirilmagan mahsulot savdosi bilan shugʻullanayotganligi aniqlandi.
Shu oʻrinda bu kabi holatlar yuzaga kelganda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining telegram ijtimoiy tarmogʻidagi @Sanepidmurojaatbot ga yoʻllashingiz mumkinligini eslatib oʻtamiz.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi aholidan tarkibi nomaʼlum boʻlgan, xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni nomaʼlum kimsalar va soxta tadbirkorlardan sotib olib, oʻzboshimchalik bilan isteʼmol qilmaslikni soʻrab qoladi.