Iqtisodiyot sohasida adolatni ta'minlashda Tovar-xomashyo birjasining o'rni beqiyosdir. Birja o'z ichiga talab va taklif, sof raqobat, kotirovkalar kabi tushunchalarni qamrab oladi.

Birjalar iqtisodiy o'sishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. CHunki mahsulotlarni birja orqali sotish jarayonida tadbirkorlar hech qanday to'siqlarsiz, erkin ishtirok etib, zarur tovar resurslarini xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Mahsulotlarni ochiq birja savdolari orqali sotishning yana bir eng muhim afzallik tomoni shundan iboratki, turli korruptsion holatlar oldi olinadi. CHunki mahsulotlarni birja orqali sotilganda inson omili mavjud bo'lmaydi va savdolar elektron tarzda avtomatlashtirilgan holatda bo'ladi, bu esa, o'z navbatida adolat mezonlarining yuqori darajada ta'minlanganligidan dalolat beradi. O'zbekneftgaz” AJda ham tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etish maqsadida birja tizimidan foydalanish keng yo'lga qo'yilgan.

Jamiyat zavod va boshqarmalari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar kunlarga teng taqsimlangan jadval asosida birja savdorlariga qo'yib kelinmoqda, bu esa o'z navbatida tadbirkorlar o'rtasida sog'lom raqobatning yuzaga kelishiga asosiy omil hisoblanadi.

2021 yilda birja savdolari orqali eksportga 349,43 ming tonna oltingugurt mahsuloti, 3,9 ming tonna polietilen mahsuloti va 6,9 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti sotildi. O'tgan yilda ichki bozorga birja savdolari orqali 434,42 ming tonna oltingugurt mahsuloti, 40,90 ming tonna suyultirilgan gaz mahsuloti va 27,42 ming tonna avia yoqilg'isi sotildi. 2021 yilda ichki bozorga 5311 ta birja shartnomalari bo'lib va eksportga 206 ta birja shartnomalari tuzildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi “Tovar-xomashyo birjalarida f`yuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq mahsulotlar o'z vaqtida ortish va etkazib berish ketma ketlik asosida amalga oshirilmoqda.

Jamiyat va uning zavod boshqarmalari hamda tadbirkorlar o'rtasidagi hujjatlar almashinuvi to'liq elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Bu esa, o'z navbatida birja savdolarida tuzilgan bitimlarni juda qisqa muddatda ortiqcha qog'ozbozliklarsiz amalga oshirish imkonini bermoqda.

eksport shartnomalarining bajarilishi ham to'liq avtomatlashtirilgan, ya'ni oldin eksport shartnomasini rasmiylashtirish va turli davlat instantsiyalarida ro'yxatga qo'yish uchun 5 kundan 10 kungacha vaqt talab qilingan bo'lsa, hozir hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni atigi 1 kunni tashkil qilmoqda.

“O'zbekneftgaz” AJda ochiq birja savdolari orqali sotiladigan tovarlarning ro'yxati kengaytirildi. Sog'lom raqobat kuchaydi va real bozor sharoitlarini hisobga olgan holda, tovarlarga narx belgilashning zamonaviy mexanizmi joriy etildi. Ilg'or axborot texnologiyalaridan foydalanish yo'lga qo'yildi. Bu o'z navbatida jamiyat iqtisodiy samaradorligini oshirishda katta ijobiy natija ko'rsatib kelmoqda.

“O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati