Mazkur festivalda Avstraliya, Indoneziya, Marokash, Senegal, Tunis, Chernogoriya kabi davlatlar ilk bor ishtirok etadi.
Bundan tashqari, festivalda Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, AQSH, Fransiya, Yaponiya kabi 40 ga yaqin davlat kinoijodkorlaridan tarkib topgan delegatsiyalar ham qatnashadi.
Ma'lumot uchun, festivalga Ukraina, Qozog'iston, Isroil, Xorvatiya, Yaponiya, Polsha, Latviya, Chili, Koreya, Estoniya, Portugaliya, Singapur, Rossiya va boshqa 30 ga yaqin davlatlardan fil`mlar kelib tushmoqda.