Toshkent viloyatida joriy yilning 9 oyida 6 trillion 68 milliard soʻmlik qurilish-pudrat ishlari bajarilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 trillion 453 milliard soʻmga koʻpaydi.

2021-yilda Investitsiya dasturi doirasida jami 206 ta obyektda 1 trillion 246 milliard soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, 45 ta (20 tasi 2020-yildan oʻtgan) maktabgacha taʼlim tashkilotlarida 100 milliard soʻmlik qurilish taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Bugungi kunda, 4 ta obyekt foydalanishga topshirilgan.

Masalan, Yuqori Chirchiq tumani «Chumchuqjar» MFY hududidagi yangi bogʻcha, Toshkent tumanidagi 23-bogʻcha, Ohangaron tumani “Sanam” MFYdagi 5-bogʻcha, Zangiota tumanidagi 5-bogʻcha foydalanishga topshirildi.

Joriy yilda oʻtgan yilga nisbatan 97 taga koʻp maktabgacha taʼlim tashkilotlari obyektlarida 215 milliard soʻmdan ziyod qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda bu borada 1 trln 285 milliard soʻmlik ish bajarilib, 2 ming 128 ta obyekt foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, dasturdan tashqari iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan 1 ming 521 ta ichki yoʻllar taʼmirlandi. Hozir jami 3 ming 649 ta obyekt foydalanishga topshirilgan.