Tayyor kiyim-kechaklar ishlab chiqarish moʻljallangan mazkur yangi quvvatda 700 ga yaqin ish oʻrinlari yaratilishi kutilmoqda. Zamonaviy korxona joriy yilning toʻrtinchi choragiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi. 

Biroq Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qurilish maydonida boʻlib, loyiha ijrosi bilan tanishgach, bunyodkorlik ishlarini jadallashtirib, tikuvchilik korxonasini iyun oyida foydalanishga topshirish boʻyicha topshiriqlar berdi. 

Klaster rahbariyati mavjud imkoniyatlarni toʻliq ishga solib, loyihani tezroq yakunlash chora-tadbirlarini koʻradigan boʻldi.