Janubiy Afrika mintaqasida paydo boʻlgan BA.4, BA.5 versiyalari hamda oʻchogʻi AQSHning Nyu-York shahri hisoblangan BA.2.12.1 mutatsiyasi shular jumlasidan. Xususan, ayni paytda BA.2.12.1 subvarianti butun Qoʻshma Shtatlar boʻylab shiddat bilan tarqalmoqda. Nyu-York, Nyu-Jersi va Konnektikut shtatlarida u allaqachon dominant versiyaga aylanib ulgurgan.
Mutaxasislar fikricha, ushbu mutatsiya turi boshqa mamlakatlarga tarqaladimi, yoʻqmi, buni vaqt koʻrsatadi. Xuddi shunday BA.4 va BA.5 subvariantlari haqida ham xotirjam xulosa chiqarish qiyin. Xitoyning Chanping laboratoriyasi olimlari olib borgan tadqiqotga koʻra, har uchchala yangi variant boshqa mutatsiyalarga nisbatan antitanachalarga osonroq “chap berish” xususiyatiga ega.
Shu bois, faqat ommaviy immunitetni shakllantirish orqali kasallik keng tarqalib ketishining oldini olish ancha murakkab jarayonga aylaninishi mumkin. Bu esa dunyoda pandemiyaning yangi toʻlqini boshlanishi ehtimoli mavjudligini tasdiqlaydi, deb xabar beradi Sogʻliqni saklash vazirligi matbuot xizmati.