Agar har doimgi uyg'onadigan vaqtingizdan bir, bir yarim soat vaqtli uyg'onsangiz, yugurishga yoki ertalabki badantarbiya mashg'ulotlariga vaqtingiz etadi. Bundan tashqari ertalabki jismoniy faollik kayfiyatni ko'tarib, kishiga quvonch bag'ishlaydi.

Nonushta — kunning eng muhim ovqatlanish qismi. Siz buni bilasiz, ammo vaqtingiz yo'qligi tufayli oshqozoningiz «quruq» holatda ko'chaga otlanasiz. Tushlik yaqinlashgan sari esa ishtahangiz "uyg'ona boshlaydi". Erta uyg'onishning yana bir ijobiy jihati — siz nonushtani o'tkazib yubormaysiz.